Sport kurashi boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamosi bugun qitʼa chempionatida ishtirok etish uchun Moʻgʻiliston poytaxti Ular Batorga joʻnab ketdi.
Terma jamoamiz sharafini Jasmina Immayeva (-50 kg), Aktobe Keunimjayeva (-53 kg), Sarvinoz Jiyenbayeva (-55 kg), Shohida Ahmedova (-57 kg), Dilfuza Aimbetova (-59 kg), Nabira Esenbayeva (-62 kg), Ariuxan Jumabayeva (-65 kg), Ozoda Esbergenova (-68 kg), Svetlana Oknazarova (-72 kg) va Valentina Toreniyazova (-76 kg) himoya qiladi.
Musobaqalar 21-22-aprel kunlari boʻlib oʻtadi. Kurashchilarimizga omad tilab qolamiz.