Bugun, musobaqaning ikkinchi kuni yunon-rum kurashi boʻyicha qolgan beshta vazn toifasida gʻolib va sovrindorlar nomi maʼlum boʻladi. Kechagi bellashuvlarda Jalgasbay Berdimuratov kumush, Jasurbek Ortiqboyev va Moʻminjon Abdullayev bronza medalini qoʻlga kiritgan edi. 

Biroz avval tajribali kurashchimiz Rustam Assakalov final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. -97 kg vazn toifasidagi kurashchimiz chorak finalda yaponiyalik Takaxiro Surudani 10-0, yarim finalda esa qozogʻistonlik Sanjar Serikkanni 8-0 hisobida dogʻda qoldirdi. Endi u kechki dasturda eronlik Mehdi Balihamzedehga qarshi Osiyo chempionligi uchun gilamga chiqadi. 

Eslatib oʻtamiz, bugun shuningdek, yana quyidagi sportchilarimiz gʻoliblik uchun gilamga chiqadi:

-60 kg: Feruz Toʻxtayev – Ayata Suzuki (Yaponiya)

-67 kg: Mahmud Baxshulloyev – Nyamdorj Battulga (Moʻgʻuliston)

-72 kg: Mirzobek Rahmatov – Vikas Vikas (Hindiston)

-82 kg: Muhammadqodir Rasulov – Batzul Damjin (Moʻgʻuliston)