Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi.
Uchrashuvda AKT sohasidagi dolzarb yoʻnalishlarda, jumladan, IT Park faoliyatini takomillashtirish, AKT sohasida kadrlarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, muloqot davomida “StartUp Latvia” bilan qoʻshimcha bir qator yoʻnalishlarda hamkorlik qilish boʻyicha takliflar berildi.
Shu jumladan, IT Park va “StartUp Latvia” bilan birgalikda qoʻshma hamkorlik qilish, xorijiy ekspertlarni jalb etish, shuningdek, tajriba almashish va Oʻzbekiston IT-bozoriga qiziquvchi latviyalik kompaniyalarning tashriflarini tashkil etish boʻyicha takliflar berildi, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.