Uchrashuvda soʻnggi yillarda mamlakatlarimiz oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik yangi bosqichga koʻtarilgani alohida taʼkidlab oʻtildi.
Tomonlar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni taʼminlash, savdo va iqtisodiyot masalalarini muhokama qildi.
Uchrashuvda taʼkidlanganidek, Latviyada ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining Oʻzbekistonga, Oʻzbekistonning oziq-ovqat va farmatsevtika vositalarining Latviyaga eksport qilinishidan har ikki mamlakat ham manfaatdordir.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev boshchiligida aholi turmush farovonligini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan qator ishlar alohida qayd etildi.
Jumladan, B.Alixonov Qoraqalpogʻistonda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida yaratilgan imkoniyatlar, imtiyoz va preferensiyalarga batafsil toʻxtaldi.
Kelgusida Orolboʻyi hududlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda innovatsion texnologiyalarni qoʻllash, suv va resurs tejovchi qurilmalarni joriy etish, chorvachilikni rivojlantirish, goʻsht va sut mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlashni yoʻlga qoʻyish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini qoʻllashni kengaytirish, “yashil iqtisodiyot” sohasida tajriba almashish yuzasidan oʻzaro fikr almashilib, ushbu yoʻnalishlarga investitsiyalarni keng jalb etish masalalari muhokamalar markazida boʻldi.
Mamlakatimizda atrof muhitni muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni taʼminlash orqali aholi salomatiligini himoya qilish borasidagi ishlar, xususan, respublika miqyosida amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi, uning mazmun-mohiyati xususida ham batafsil axborot berildi.
Mamlakatimizda atrof muhitni muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni taʼminlash orqali aholi salomatiligini himoya qilish borasidagi ishlar, xususan, respublika miqyosida amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi, uning mazmun-mohiyati xususida ham batafsil axborot berildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.