Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali qoshidagi akademik litseyi oʻquvchisi Abbosjon Jovliyev Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan fizika fani boʻyicha oʻtkazilgan Respublika olimpiadasida faxrli 3-oʻrinni egalladi.
— Ushbu yutugʻim evaziga 12 800 AQSH dollarlik maxsus grant sertifikati bilan taqdirlandim, — deydi Abbosjon Jovliyev. — Bu sertifikat Oʻzbekiston-Koreya xalqaro universitetida 4 yil davomida bepul taʼlim olish huquqini beradi. Albatta, bundan juda xursandman. Endigi maqsadim esa yanada koʻproq oʻqish, izlanish va sohada yetuk mutaxassis boʻlib yetishishdir.
Aytish joizki, bundan oldin ham Abbosjon Jovliyev viloyat fan olimpiadasida 1-oʻrinni egallagan. Bundan tashqari, fizika fani boʻyicha xalqaro fan olimpiadasi saralash bosqichida muvofaqqiyatli ishtirok etdi. Uni yutuqlarga yetaklaganlar 1998-yilda professor Bozor Choriyev boshchiligida tashkil etilgan 1-akademik litseyi hozirgi TATU Qarshi filiali qoishidagi akademik litseyining fidoiy oʻqituvchilari hisoblanadi. Shu bilan birga, oliy toifali fizika fani oʻqituvchisi, ustozi hamda otasi Mirmuxsin aka Qorjovov boʻladi.
Shohida Shoimova, TATU Qarshi filiali matbuot kotibi