TIV maʼlumotiga koʻra, tantanali marosimda Litva hukumati, jamoat va ishbilarmon doiralari, ommaviy axborot vositalari vakillari ham ishtirok etdi.
Tadbirda Oʻzbekiston va Litva oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirish uchun salmoqli salohiyatga ega ekani mamnuniyat bilan qayd etildi. Oʻzaro savdoni faollashtirishga xizmat qiladigan ushbu mexanizmning ishga tushirilishi Oʻzbekiston va Litva oʻrtasidagi aloqalarning har tomonlama rivojlanib borayotganining yorqin ifodasi ekanligi taʼkidlandi.
Qayd etilganidek, savdo uyining ishga tushirilishi ikki mamlakat ishbilarmon doiralari oʻrtasidagi amaliy sheriklik va natijaga yoʻnaltirilgan mazmunli muloqotni sezilarli darajada faollashtirishi shubhasiz.