баннер
26 Apr 2025
10:45

    Qozogʻistonning Oqtau shahrida “Made in Uzbekistan” shou-rumi va savdo ombori ochildi

    Mazkur shou-rum va savdo ombori Oqtau shahrining markazida joylashgan boʻlib, 1800 kv.m maydoni Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan ijaraga olingan.

    Qozogʻistonning Oqtau shahridagi “Oil City” koʻrgazma majmuasida “Made in Uzbekistan” yarmarkasi doirasida shou-rum, milliy koʻrgazmalar oʻtkazish uchun maydon hamda savdo ombori tashkil etildi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi axborot xizmati maʼlum qildi.

    Mazkur shou-rum va savdo ombori Oqtau shahrining markazida joylashgan boʻlib, 1800 kv.m maydoni Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan ijaraga olingan.

    «Shou-rumning asosiy maqsadi mamlakatimizning eksport salohiyatini namoyish etish, aholini arzon va sifatli mahsulotlar bilan taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston va Qozogʻiston tadbirkorlari oʻrtasida yangi ishbilarmonlik aloqalarini oʻrnatishdan iborat.
    Shou-rumning asosiy yoʻnalishlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi: oziq-ovqat, toʻqimachilik, hunarmandchilik, charm, elektrotexnika va qurilish mahsulotlari.
    Yil davomida mazkur shou-rumda respublika boʻyicha korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan milliy mahsulotlarni joylashtirish va sotish imkoniyati mavjud«, deyiladi xabarda.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech