Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, yangi restoran Yapon jamoatchiligiga oʻzbek milliy oshxonasining boy va betakror taʼmlarini tanitishni maqsad qiladi.
Mehmonlarga palov, somsa, shoʻrva, lagʻmon, qozon-kabob va boshqa anʼanaviy taomlarni oʻzining asl texnologiyasida tayyorlangan holda taqdim etish rejalashtirilgan.
«Savdo uyi« esa Namanganda ishlab chiqarilayotgan sanoat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, tekstil, hunarmandchilik va gastronomiya brendlari namoyishida muhim markaz boʻlib, Yapon bozoriga mahalliy mahsulotlarni yetkazib berish, yangi eksport yoʻnalishlarini yoʻlga qoʻyish, tadbirkorlar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorlikni rivojlantirish uchun doimiy platforma vazifasini bajaradi.
Ushbu loyihalarning amalga oshirilishi Namangan viloyati brendini Yaponiya bozorida targʻib qilish, turizm oqimini oshirish va ikki davlat oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.








