Fuqarolik mudofaasi boshlig'i general Imad Xreysh bu haqda X ijtimoiy tarmog'ida e'lon qilingan bayonotda ma'lum qildi. Avvalroq olti kishi hayotdan ko'z yumgani xabar qilingan edi.
“8-fevral kuni turar-joy binosi qulab tushgan Bab-Tabbana dahasida qidiruv-qutqaruv operatsiyasi og'ir qurilish texnikasidan foydalangan holda tun bo'yi davom etdi”, dedi u. “Hozirgacha vayronalar ostidan 14 kishining jasadi topildi va yana sakkiz kishi tirik holda olib chiqildi va davolanish uchun shifoxonaga yuborildi”.
Avvalroq shahar hokimi Abdel Hamid Karima hukumatdan so'nggi kunlarda kuchli yog'ingarchilik tufayli ikkita turar-joy binosi qulagan tarixiy Bab-Tabbana dahasini falokat zonasi deb e'lon qilishni so'ragan edi. U hozirda rasmiylar og'ir ahvoldagi bir nechta binolardan odamlarni evakuatsiya qilayotganini e'lon qildi.
Bosh vazir Navaf Salom qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirib, “beparvolik qilgan har bir kishini” javobgarlikka tortishga va'da berdi. U muxolifatni Tripolidagi fojiadan siyosiy manfaatlar yo'lida foydalanmaslikka chaqirdi, deb xabar berdi tass.ru.