Keyinchalik Yaqin Sharq bilan ushbu hamkorlikni yanada kengaytirish rejalashtirilmoqda.

Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan Chevrolet avtomobillari soʻnggi yillarda Qozogʻiston, Ozarbayjon, Tojikiston, Ukraina, Belarus, Afgʻoniston va Rossiya bozorlarida juda raqobatbardosh ekanligini koʻrsatdi, deyiladi kompaniya axborot xizmati xabarida.

Ammo doimiy oʻzgarib borayotgan xalqaro vaziyatda bozor imkoniyatlarini kengaytirish uchun avtomobil ishlab chiqaruvchilarni tinimsiz ishlashga majbur qilmoqda.

Mazkur faoliyat doirasida “UzAuto Motors” Livandagi eng yirik avtomobil dilerlaridan biri – IMPEX kompaniyasi bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga qaror qildi.