Ularning barchasi O'rtaнer dengizi sohilida joylashgan Derna shahri aholi vakillaridir.

Liviya Milliy birlik hukumati shaharda tabiiy ofat holatini e'lon qildi. Bundan tashqari, Al-Bayda shahri noqulay ob-havo tufayli jiddiy zarar ko'rgan. Armiya tomonidan mahalliy aholini evakuatsiya qilish bo'yicha o'tkazilgan operatsiya natijasida besh nafar harbiy xizmatchi bilan aloqa uzildi.

“Daniel” to'foni o'tgan yakshanba kuni Liviyaning shimoli-sharqiga yopirildi. Oqibatda qirg'oq bo'yidagi shaharlarda kuchli shamol yuzaga keldi, chaqmoq chaqib, kuchli yomg'ir yog'di, deb xabar beradi mir24.tv.