Fuqaroning ma'lum qilishicha, u shu yilning sentyabrida Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanidagi “REALMOTO” MCHJdan 25 600 000 so'mga “Lochin” rusumli mototsiklni 1000 km harakatlanish kafolati bilan sotib olgan, ammo mototsikl` 449 km harakatlangandan so'ng buzilgan. Iste'molchining mototsiklni almashtirib berish haqida tadbirkorga qilgan murojaati e'tiborsiz qoldirilgan.
Murojaat Qorovulbozor tumani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o'rganilib, “REALMOTO” MCHJ rahbari va ishchi-xodimlariga amaldagi qonun hujjatlari talablari yuzasidan tegishli tushuntirish ishlari olib borilgan. SHundan so'ng tadbirkor tomonidan nosoz mototsikl` to'liq ta'mirlab berildi.
R.SHOBOEV,
Qorovulbozor tumani iste'molchilar huquqlarini
himoya qilish jamiyati raisi