Savdo-sanoat palatasi raisi oʻrinbosari Umidbek Safarov Oʻzbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Ravshan Usmonov bilan uchrashdi.
Elchi oʻzbekistonlik mehmonlarni tashrif bilan qutlab, tomonlar “IFE 2024” oziq-ovqat va ichimliklar xalqaro koʻrgazmasi yakunlari boʻyicha fikrlar bilan oʻrtoqlashishdi.
Uchrashuv davomida tomonlar ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa sohalardagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari, jumladan, hududlararo hamkorlikni rivojlantirish, bu orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish masalalari koʻrib chiqildi.
London shahrida Oʻzbekiston savdo uyini tashkil etish imkoniyatlariga eʼtibor qaratildi. Bundan koʻzlangan maqsad Buyuk Britaniya bilan ishbilarmonlik va iqtisodiy aloqalarni koʻpaytirish va mustahkamlash, shu bilan birga tadbirkorlar uchun yangi biznes imkoniyatlarini ochishdir.
Uchrashuv yakunida joriy yil davomida tomonlar tarafidan hamkorlik borasida amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha kelishib olindi.