Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi rasmiy saytining maʼlum qilishicha, LA-28 yozgi Paralimpiya o‘yinlari 2028 yilning 15-27-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Olimpiya o‘yinlari esa 14-30-iyul kunlari o‘tkazilishi belgilangan.

"Los-Anjeles bundan avval ikki marta Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilgan (1932, 1984), biroq Paralimpiya o‘yinlari ushbu shaharda birinchi marta o‘tkaziladi", deya yozmoqda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi Matbuot xizmati.