Avvalroq olib qochilgan avtobus politsiya maxsus bo'linmalari tomonidan o'rab olingani va to'sib qo'yilgani xabar qilingandi.

“Haydovchi maxsus kuchlar yordami bilan avtobusdan qochib qutuldi va jabrlanmadi”, dedi Los-Anjeles politsiyasi vakili va gumondor shaxs hibsga olinganini qo'shimcha qildi.

Politsiya, shuningdek, avtobusdagi bir kishi og'ir ahvolda shifoxonaga olib ketilganini aytdi. Uning olgan jarohatlari haqida ma'lumot berilmadi, deb xabar beradi ria.ru.