“Men bu yerga o'ndan ortiq yadroviy kallaklarni olib keldim”, dedi u.
Lukashenko yadro quroli hisoblanmaydigan, lekin katta kuchga ega bo'lgan Rossiyaning “Oreshnik” raketa tizimini Belarusda joylashtirish rejalari haqidagi savolga javob berar ekan, bu haqda ma'lum qildi, deb xabar beradi report.az.
“Agar yadroviy qurol ishlatilsa, bu katta mas'uliyatdir. Hech bo'lmaganda, Xirosima, Nagasakidan (1945-yilda Yaponiyaning ushbu shaharlarining AQSh tomonidan yadroviy qurol bilan bombardimon qilingani) keyin hech kim yadroviy qurol tugmachasini bosmagan. Belarus tugul yirik kuchli davlatlar ham. Biroq men dushmanlarimiz, “do'stlarimiz” va raqiblarimizni ogohlantirdim: agar siz davlat chegarasiga qadam qo'ysangiz, bir zumda javob qaytariladi. Yadroviy qurolmi yoki boshqa narsami – qarab o'tirmayman, dedi prezident.