Oʻzbekiston Respublikasi va Hindiston Respublikasi Hukumatlari oʻrtasida 2021-2025-yillarga moʻljallangan madaniy almashinuv dasturiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Hindiston Respublikasi tashqi ishlar davlat vaziri, madaniyat davlat vaziri M. Lekxi oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Muzokara chogʻida har ikki tomon oʻzaro madaniy aloqalarni mustahkamlash Madaniy almashinuv dasturiga muvofiq yangi hamkorlik munosatlarini oʻrnatish masalalarini muhokama etildi.
Uchrashuv yakunida ikki tomonlama memorandum imzolandi.