Vaholanki, ushbu tarixiy obidani saqlab qolishga qaratilgan ishlarni amalga oshirishga toʻsqinlik qilgan fuqaro A.R.ga bir necha marotaba rasmiy ogohlantirish berilgan. Uning vaziyatga boʻlgan bepisandligi xonadonida joylashgan madaniy meros obyektiga zarar yetkazilishiga va qisman buzilishiga sabab boʻldi.

Bu holatga asosiy sabab fuqaro tomonidan uy uning shaxsiy mulki ekanligi vaj qilib koʻrsatilib, Agentlik mutasaddilariga qarshilik koʻrsatgan holda ularni konservatsiya va restavratsiya qilishlariga yoʻl qoʻymagani. Shunga qaramasdan Agentlik mutaxasisslari joyiga chiqqan holda tarixiy obyektni uzoqdan kuzatib fuqaro bilan murosaga kelish choralarini koʻrishdi. Lekin fuqaro barcha takliflarga rad javobini berdi.

Shu sababli Agentlik fuqaroga nisbatan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga vaziyatga huquqiy baho berish va davlat muxofazasiga olingan obyektda asrashga doir ishlarni oli borishga toʻsqinlik qilgani uchun chora koʻrish toʻgʻrisidagi taqdimnoma kiritish jarayonini boshlangan.

Bu kabi holatlar Respublikamizning boshqa hududlarida ham afsuski kuzatilmoqda. Shularni inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Agentlik tomonidan mahalliy xokimyatlarga madaniy meros obyektlari atrofida joylashgan shaxsiy mulklarni qonunchilikda belgilangan tartibda koʻchirish boʻyicha taklif kiritilishi toʻgʻrisida maʼlum kilinadi.

Madaniy meros agentligi Axborot xizmati