Katta yoʻl yaqinida joylashgan bu obyektning bugungi ahvolini koʻrib, hayratda qolishingiz aniq.

Oqsaroy qalʼasi nomi bilan ataladigan bu inshootning shu paytgacha yarim koʻrinishi saqlab qolingan. Ammo, bu joyda boʻlgan kishi qolgan yarim qismi ham oʻz koʻrinishini maʼlum vaqtlardan soʻng yoʻqotishi mumkinligiga shubha qilmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktyabrdagi 846-sonli qarori bilan madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari roʻyxatiga olingan majmua bugun ancha qarovsiz ahvolda. Obyektning yonginasida fuqaro xonadoni joylashgan boʻlib, hattoki madaniy meʼros hududiga hovli darvozasidan kirib borishga majbur boʻlinadi.

Mahalliy aholi oʻzgacha uslubda qurilgan bino tarixini yanada chuqurroq oʻrganish lozimligini taʼkidlaydi. Ammo, oʻrganishga qadar inshootni saqlash, eʼtibor qaratish lozimligi nahotki hech kimning xayoliga kelmasa. Soha mutaxassislari bunga eʼtiborsiz boʻlmaydi degan umiddamiz. Madaniy meros obyektining bugungi holatini suratlarda koʻrishingiz mumkin.