Bosh prokuraturaning xabar berishicha, Yakkabogʻ tumanida tuman elektr taʼminoti korxonasi masʼullari “Darxon” mahallasida joylashgan VI—XII asrlarga oid “Chillamazortepa” arxeologiya obyektiga jiddiy ziyon yetkazilgan.

Taʼkidlanishicha, transformator punktini oʻrnatish uchun yodgorlikning 3,75 m3 hajmdagi qismi noqonuniy ravishda kovlanib, madaniy meros obyektiga 93 mln. soʻmlik zarar yetkazilgan.

Aniqlangan holat yuzasidan Yakkabogʻ tumani elektr taʼminoti mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.