Prezidentimizning ushbu mamlakatga rasmiy tashrifi koʻp qirrali hamkorlikning yangi bosqichini boshlab berishi bilan muhim ahamiyatga egadir.

Tashrif doirasida Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov Misr Arab Respublikasi madaniyat vaziri Nevin Yusuf Muhammad Al-Kilaniy bilan uchrashib, oʻzaro aloqalarning kelgusidagi rivojlanish bosqichlari xususida muloqot qildi.

Shuningdek, sohaga yangi gʻoya va innovatsiyalar olib kirish, xalqaro miqyosdagi festival va anjumanlarda oʻzaro ishtirokni taʼminlash masalalari yuzasidan fikr-mulohaza almashilib, takliflar bildirildi.

Muloqot chogʻida milliy maqom sanʼatini rivojlantirish boʻyicha oʻzaro tajriba almashish yuzasidan hamkorlik memorandumi imzolashga kelishib olindi.

Ozodbek Nazarbekov Nevin Yusuf MuhammadAl-Kilaniyni joriy yilning may oyida boʻlib oʻtadigan Xalqaro maqom sanʼati anjumaniga taklif qildi.