Ikki kundan buyon davom etayotgan mazkur forum koʻplab yorqin tadbirlarga boy boʻlmoqda. Forumning uchinchi kunida hukumat aʼzolari bilan yoshlarning uchrashuvi tashkil qilinib, oʻzaro ochiq muloqotga kirishdilar.

“Toshkent yoshlar forumi – 2021” doirasida “Tashkent City Congress Hall”ning “Shosh” zalida madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bilan “Uchinchi renessans: yoshlar va madaniyat” mavzusida yoshlar bilan navbatdagi samimiy va ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.

Bu galgi muloqot avvalgilaridan farqli oʻlaroq qizgʻin savol-javoblar bilan muhim ahamiyat kasb etdi. Tashabbuskor yoshlarning fikr-mulohazalari tinglandi. Taklif-istaklari hamda muammolari boʻlgan yoshlar muloqotning oʻzida masʼullarga yoʻnaltirildi.