Koʻrgazma Respublikamizning sanoat salohiyatini aks ettiradi. Uning maqsadi va vazifalari — mahalliy korxonalarning eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlarini namoyish etish, mamlakatning eksport salohiyatini oshirish va mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, xorijiy hamkorlar bilan barqaror, uzoq va ishonchli hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdan iborat.

Koʻrgazma ekspozitsiyalari togʻ-kon sanoati, neft-gaz sektori, kimyo va farmatsevtika tarmogʻi, qurilish industriyasi, charm-poyabzal, agrar sektor va oziq-ovqat sanoati, shuningdek, bank-moliya xizmatlari, ilmiy ishlanmalar va Oʻzbekistonning xalq amaliy sanʼati hamda sayyohlik salohiyatini namoyish etadi.

Koʻrgazma doirasida turli hudud va tarmoqlarning eksport salohiyati taqdimoti, toʻqimachilik mahsulotlari modasi namoyishi, hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash jarayoni va boshqalar boʻlib oʻtadi.

Koʻrgazma yakunlari boʻyicha amaliy natijalar - imzolangan shartnomalar va investitsiya kelishuvlari eʼlon qilinadi, ishtirokchilar esa turli nominatsiyalarida taqdirlanadilar.

Koʻrgazma ertaga, 16-martga qadar davom etadi.