Magistraturaga qaysi tillardan sertifikat kerak?

    2022-yil 20-dekabrdan respublika OTM magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish uchun hujjatlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni boshlandi.

    Qaysi xorijiy sertifikatlar qabul qilinadi? Va qaysi daraja bo‘lishi kerak?

    Quyidagi suratlarda ushbu savolga javob olishingiz mumkin.

    Mazkur qishki qabulda istisno tariqasida til bilish darajasiga qaralmayapti. Ya’ni yuqoridagi ro‘yxatda nomlari keltirilgan imtihon tizimlari orqali istalgan darajadagi sertifikat bo‘lsa ham, magistraturaga qabul qilinaveradi.

    Faqat yagona sharti, keyinchalik o‘qish davomida talab etiladigan darajadagi sertifikatni olishlari shart.

    Ro‘yxatda nomi keltirilmagan tizimdan olingan sertifikatlar magistraturaga hujjat topshirish uchun asos bo‘lolmaydi.