Magnus Karlsen: “Abdusattorov uchun afsusdaman, u musobaqa davomida yetakchi boʻlgandi”

    Norvegiyalik shaxmat yulduzi, jahon chempioni Magnus Karlsen Veyk-an-Zeyedagi turnir yakuni boʻyicha oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.

    "Nodirbek uchun afsusdaman. U butun turnir davomida yetakchi boʻlib keldi. Sen ilk bora bunday holatda boʻlganingda, bu ogʻir boʻladi. Senda hatto katta tajriba boʻlsa ham, bunday turnirda uzoq vaqt davomida yetakchi boʻlib turish qiyin. Uni his qilyapman.

    Anish Giriga keladigan boʻlsak, u uzoq vaqt ichida ilk bora meni ortda qoldirdi. Tabriklayman. Bu narsa u uchun yaxshi vaqtda sodir boʻldi. U bir necha marotaba bunga yaqin kelgandi. Bu safar omad u tomonda boʻldi", – degan Magnus Karlsen.