Mahallaning obod boʻlishi, fuqarolarning farovon yashashida ularning alohida oʻrni bor. Oʻz ishiga masʼuliyat va tashabbuskorlik bilan yondashayotgan bir guruh mahalla faollari tuman hokimligi va “Mahalla” xayriya jamoat fondining esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi, deya xabar beriladi tuman hokimligining telegram sahifasida.

— Qilgan mehnatingni rohatini koʻrish, rahmat eshitish kishiga zavq bagʻishlaydi, — deydi “Qoraariq” mahalla fuqarolar yigʻini raisi Parda Bozorov. — Koʻpning kuchi, maslahati bilan hamjihatlikda ish olib borayotganimiz rivojlanish, taraqqiyot sari undamoqda. Albatta oldimizda turgan vazifalar koʻlami keng. Bugungi eʼtibor yangi tashabbus, gʻoya va maqsadlar sari daʼvat etdi.