19 nafar turmush sharoiti og'ir bo'lgan bemorlarga yordam ko'rsatdi va ularga turmush sharoitida zarur bo'ladigan kiyim-kechak, gigiena vositalari topshirdi.
Fond xodimlari Xonqa tumanining Ahillik mahallasida istiqomat qiluvchi, imkoniyati cheklangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, 1-guruh nogironi Dilshodbek Sharipov istiqomat qilayotgan xonadonga ham tashrif buyurib, uning holidan xabar olishdi. Fond mablag'i hisobidan yordam ko'rsatilib, oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etildi.
“Mahalla” xayriya jamoat fondi
Xorazm viloyat bo'limi matbuot xizmati