Bugun fondning Qashqadaryo viloyat bo'limi viloyatda tashkil etilgan “Bir million daraxt” aksiyasida ishtirok etdi.

– Qarshi shahridagi “Abu-Ubayda ibn Jarroh” ziyoratgohida tashkil etilgan mazkur aksiya atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida o'tkazilmoqda, – deydi fond viloyat bo'limi raisi N.Mahmatov. – Aktsiya doirasida 1000 tup mevali va manzarali daraxt ko'chatlarini ekdik. Loyiha doirasidagi tadbirlarimiz G'uzor, Dehqonobod va Yakkabog' tumanlarida ham davom etmoqda.

Ta'kidlash kerak, “Mahalla” xayriya jamoat fondi ushbu umummilliy loyiha doirasida nafaqat daraxt ekish ishlariga, balki hududdagi kam ta'minlangan oilalar holidan ham xabar olishga ham alohida e'tibor qaratmoqda. 

 “Mahalla” fondi

matbuot xizmati