Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “mahallabay” va “fuqarobay” ish uslublari ayni damda aholi murojaatlari va jamiyatdagi ko'plab muammolarni bartaraf etishda o'z samarasini bermoqda. Albatta, mahalladagi mavjud muammolar va aholining kundalik masalalarini hal etish birgina mahalla tizimi xodimlari tomonidan bartaraf etish imkonsiz. SHu sababli bu jarayonda har bir soha mas'ullarining ishtiroki muhim jihatdir. Joylarda olib borilayotgan “mahallabay” ishlash mexanizmining ham muhim asosini ana shu tamoyil — barcha soha vkillarining hamjihat bo'lib, hududlardagi masalalarni echishga kompleks yondashishi tushuniladi.
“Mahallabay” ishlash, bu — barcha soha mutasaddilarining bir musht bo'lib, mahallalardagi muammolar, aholi turmushidagi muhim masalalarni birgalikda hal etishning yangicha mexanizmidir.
Joylardagi muammolarni “mahallabay” aniqlash va bartaraf etish, xususan, hududlarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari ijrosini ta'minlash maqsadida Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi va uning hududiy bo'linmalari mas'ul xodimlaridan iborat Ishchi guruhlar tuzilgan hamda mazkur amaliyot natijasida joylardagi odamlarni qiynayotgan ko'plab ijtimoiy muammolar hal etilmoqda, - deydi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi boshqarma boshlig'i Navro'z Musaev.- Xususan, joriy yil davomida ishchi guruhlar tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda mahallalarning ichki yo'llari, ichimlik suvi va elektr ta'minoti, irrigatsiya tarmog'ini yaxshilash bo'yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, shu vaqtga qadar chekka mahallalardagi 102 715 kilometr ariq va zovurlar tozalandi. Respublikamiz bo'yicha 24 513 000 dona mevali va manzarali daraxt ko'chatlari ekildi, 1 829 ta maishiy chiqindi to'plash maskanlari tartibga keltirilib, 308 tasi yangidan qurildi, 5 704 ta tungi yoritgich moslamalari o'rnatildi.
Mahalla xodimlarining sektor rahbarlari va tegishli vazirlik va tashkilotlar bilan olib borgan uzviy hamkorligi natijasida bugungi kunga qadar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarda 126 939 nafar xotin-qizlarning bandligi ta'minlandi. 34 114 nafari kasb-hunarga o'qitildi.
SHuningdek, aholi tomorqalaridan unumli foydalanish maqsadida ushbu toifadagi 15 190 nafar xotin-qizlarga tomorqadan daromad manbai sifatida foydalanish uchun ko'maklashildi. 58 527 nafar xotin-qizlar tadbirkorlikka jalb etildi va ularga kredit olishga ko'maklashildi;
Hududlardagi 9 223 nafar noturar joylarda yashayotgan xotin-qizlarning 5 219 nafariga uy-joylarini yaxshilash uchun amaliy yordam ko'rsatildi. Xususan, 43 674 nafar xotin-qizlarga tibbiy, 24 603 nafariga huquqiy, 23 365 nafariga psixologik yordam ko'rsatildi.
YUrtimizdagi mavjud barcha fuqarolar yig'inlari qoshida tashkil etilgan “Ayollar maslahat kengashlari”da malakali psixologlarni jalb etgan holda ijtimoiy himoyaga va psixologik ko'makka muhtoj ayollar uchun treninglar tashkil etildi. “Har bir oila - tadbirkor” dasturi doirasida 103 880 nafar fuqaroga imtiyozli kredit olishda yordam ko'rsatildi. 16 051 nafar fuqaro hunarmandchilik, 11 984 nafari kasanachilik bilan shug'ullanish kabi yo'nalishlarga jalb etildi.
Mahallalarda istiqomat qiluvchi 7 254 nafar fuqaroga turli maqsadlar, xususan, tomorqachilikni rivojlantirish maqsadida subsidiya ajratilishida ko'maklashildi. 53 574 nafar fuqarolar o'quv kurslarida o'qitilib, ulardan 24 449 nafarining bandligini ta'minlashga erishildi. O'quv kurslarida kasb-hunarga o'qitilgan fuqarolardan 46 908 nafari mahalla aholisini kasb-hunarga o'qitish maskanlari hissasiga to'g'ri keladi.
Bahor XIDIROVA,
“YAngi O'zbekiston” muxbiri