Mazkur serialda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yana-da qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimi bilan bogʻliq Farmoni ijrosini taʼminlash yuzasidan oʻzbek mahallalari hamda oila va xotin-qizlar masalalari yoritiladi.

Ssenariy muallifi Shoyim Boʻtayev, postanovkachi rejissyor Sanjar Babayev, postanovkachi operator Sardor Anvarov, postanovkachi rassom Isobek Egamberdiyev. 

Hozirda serialning rejissyorlik ssenariysi ustida ish olib borilib, aktyorlarni saralash jarayoni ketmoqda. Serialning tugallanish muddati 2021-yilning birinchi qismida moʻljallangan.