Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi 146-sonli qaroriga asosan tashkil qilingan mahallalardagi Xotin-qizlar faoli lavozimlari boʻyicha eʼlon qilingan 9 346 ta lavozimga joriy yilning 14-mart holatiga koʻra 35 382 nafar nomzoddan hujjatlar qabul qilindi.

Nomzodlardan hujjatlar 15-mart 24:00ga qadar qabul qilinadi.

Maʼlumot uchun, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi hamda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi oʻrtasida imzolangan Tartibga muvofiq, Qoʻmita markaziy apparati va tizim tashkilotlarini malakali xodimlar bilan toʻldirish hamda ushbu jarayonni shaffofligini taʼminlash ochiq tanlov orqali amalga oshiriladi, deb xabar bermoqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi matbuot xizmati.