Maqsad Oliy Majlisi Senatining yigirmanchi yalpi majlisida ma'qullangan qonunlar va ko‘rib chiqilgan boshqa masalalar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish hamda Senat qarorlari ijrosi va Senatga kelib tushgan fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganishdir.

Qo‘mita raisi tomonidan deputatlarga yigirmanchi yalpi majlisda ko‘rib chiqilgan barcha masalalar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, Senat qarori va Senat Kengashi qarorlari ijrolari ham muhokama etildi. Xususan, «Mahalla – besh tashabbus beshigi» ko‘rik-tanlovi hamda Yoshlarga oid davlat siyosatini hududlarda amalga oshirilishi bo‘yicha reyting tizimi doirasida tumanda olib borilgan ishlar yuzasidan mutasaddi tashkilot rahbarlarining axborotlari eshitildi.

Bundan tashqari senator tomonidan yoshlar murojaatlari bilan ishlash va ular muammolarini hal qilishda faol ishtirok etish bo‘yicha deputatlarga tavsiyalar berildi.

Xususan, hududlarda tashkil etilayotgan sektor rahbarlari va yoshlar uchrashuvlarida muntazam ishtirok etish va u yerda ko‘tarilgan muammoli masalalar ustidan deputatlik nazoratini olib borish. Shuningdek, deputat va yoshlar uchrashuvlarini tashkil etib borish hamda ijobiy hal etilgan murojaatlar yuzasidan Senatga axborot kiritish va murojaatlarni hal etishda to‘sqinlik qilayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish lozimligi qayd etildi.

Bundan tashqari, uchrashuvlar yoshlar tomonidan ko‘tarilgan dolzarb masalalar yuzasidan deputatlik so‘rovlarini yuborish va natijasini Kengash sessiyalarida muhokama etib borish, hududlardagi xalq qabulxonalari bilan doimiy hamkorlik o‘rnatish, xususan yoshlardan kelib tushayotgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishini nazorat qilib borish ta’kidlandi.

Shuningdek, yoshlar masalalariga mas’ul vazirlik va idoralar hududiy boshqarma hamda bo‘limlari rahbarlarining yoshlar murojaatlari bilan ishlashdagi hisobotini Kengashda eshitish bo‘yicha tashabbuslar ko‘rsatish hamda murojaatlar bilan qoniqarsiz ishlayotgan vazirlik, idora va hudud rahbarlariga tegishli choralar ko‘rish yuzasidan Senatga taklif kiritib borish va boshqa tavsiyalar berildi, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.