Jumladan, 2022-yilning yanvar oyida OKMKda 53 ta loyiha boʻyicha 14,3 milliard soʻmlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarilib, reja 106,5 foizga bajarildi.

Kombinat korxonalari kesimida olib qaraydigan boʻlsak, Markaziy taʻmirlash mexanika zavodida - 10,4 milliard soʻmlik, Nodir metallar va qattiq qotishmalari ishlab chiqarish boʻyicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida - 2,2 milliard soʻmlik mahsulot tayyorlangan.

Shuningdek, Rux zavodida 1,7 milliard soʻmlik mahsulot tayyorlanib, 53,3 ming dollarlik texnik rux sulfati eksport qilingan.

Dastur doirasida 2022-yilda kombinat oldiga bir qator muhim vazifalar ham qoʻyilgan. Xususan, Prezidentimizning 2022-yil 24-yanvardagi “Respublikada ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi boʻyicha kombinatda 2022-yil uchun 97 ta loyiha doirasida 208,7 milliard soʻmlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish prognozi tasdiqlangan.