Qamoqxonalardagi mahkumlar soni boʻyicha mamlakatlar reytingida Oʻzbekiston 223 davlat ichidan 179-oʻrinni egallagan. Bu haqda manbalarga tayanib Ogoh.uz maʼlum qilmoqda.
Qayd etilishicha, mamlakatimizda har bir 100 ming kishiga 68 nafar mahkum toʻgʻri keladi. Qamoqxonalarda esa 22 867 nafar oʻzbekistonlik mavjud.
Reytingda yetakchilikni qoʻlga kiritgan AQSHda har bir 100 ming kishiga 629 nafar mahkum toʻgʻri kelyapti.
Eng oxirgi 223-oʻrinni hududida bitta ham mahkum boʻlmagan San-Marino egallagan.