Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O.Z. manzil koloniyasida jazo muddatini oʻtayotgan Yo.S.ning opasi D.M.ga oʻzini Qibray tumanidagi gʻisht ishlab chiqarish zavodi ish boshqaruvchisi deb tanishtirib, uning ukasi Yo.S.ni ushbu gʻisht zavodiga shartnoma asosida ishlash uchun biriktirilganligidan foydalanib, uni ogʻir mehnatga jalb qilmaslik va yengil sharoit yaratib berish evaziga 8 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.