Mahsulotlar haqiqiyligini QR-kod orqali bilib olish imkoniyati yaratildi

    Adliya vazirligi tomonidan kontrafakt mahsulotlar katalogining doimiy yangilanib boruvchi elektron shaklini QR-kod orqali maʼlumot olish imkoniyati yaratildi.

    Mazkur kontrafakt mahsulotlar kataloginining elektron shakliga yoʻnaltiruvchi QR-kod “Korzinka”, “Makro” kabi supermarketlarda hamda Adliya vazirligining davlat xizmatlarini koʻrsatish markazlari binolarida, “Oʻzstandart” agentligining mahsulotlarga muvofiqlik sertefikatini berish binolarida, shuningdek respublika hududidagi barcha chegara va TIF bojxona postlariga joylashtirildi.

    Endilikda istalgan shaxs kontrafakt mahsulotlar haqida erkin maʼlumot olishi mumkin.