Advokatlik tuzilmalari tomonidan advokatlarga muayyan ishni olib borish uchun beriladigan anʼanaviy shakldagi order maqomiga teng boʻlgan maxsus QR-kod qoʻyilgan “Elektron advokatlik orderi”ni berish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.
Bunda, advokat soʻrovi yuborilgan davlat organi yoki tashkilot, tegishli ishni koʻrib chiqayotgan sud yoki huquqni muhofaza qiluvchi organ tomonidan advokatning muayyan ishga vakolatliligini aniqlash muqobil ravishda QR-kod qoʻyilgan “Elektron advokatlik orderi” orqali ham amalga oshirilishi imkoniyati yaratiladi.
Order muqobillik asosida qogʻoz shaklda rasmiylashtirilganida, ushbu order haqidagi maʼlumotni “Yuridik yordam” axborot tizimiga kiritish majburiy hisoblanadi
Advokat soʻrovi shakliga qoʻyilgan talablar, shu jumladan unga orderning koʻchirma nusxasini ilova qilish, orderni qayd etish daftarini yuritish talablari bekor qilinadi.