Biroq xar qanday texnologiyalar singari QR-kodlar tajovuzkorlar tomonidan maʼlumotlarni buzish hamda o‘g‘irlash uchun ham ishlatilishi mumkin.
O‘zingizni bunday hujumlardan himoya qilish uchun quyidagi maslahatlar sizga qo‘l kelishi aniq.
Manbasi nomaʼlum yoki shubhali bo‘lgan QR-kodlardan ehtiyot bolish kerak. Masalan shubhali elektron pochta xabarlariga biriktirilgan yoki tasdiqlanmagan veb-saytlarda joylashtirilgan kodlar soxta saytlar bolishi mumkin.
Firibgarlar jabrlanuvchilarni tez harakat qilishga undash uchun shoshilinch yoki tahdid taktikasini qo‘llaydi. Qo‘shimcha himoya uchun barcha akkauntlarda ikki faktorli Autentifikatsiya imkon qadar yoqish akkauntingizga kirish uchun shaxsiy maʼlumotlaringizni yangilash tavsiya etiladi.
Shu bilan birga foydalanmayotgan qurilmalardan chiqib ketish juda muhimdir. Bundan tashqari dasturiy taʼminotni jumladan ko‘pincha havolalardan o‘rnatilgan himoyani oz ichiga olgan operatsion tizimli brauzerlarni muntazam yangilashni unutmang.