2020-yilda qurilish obyektida majburlab ishlatiladi. Majburiy mehnatdan qochish maqsadida qurilish obyekti atrofidagi oʻrmonzorga yashirinishga majbur boʻladi. Oʻrmonzorda adashib, bir necha kun sovuqda qolib ketishi natijasida ikki oyogʻidan ajraladi.
Agentlikning Sankt-Peterburg shahridagi vakolatxonasi, mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi hamkorligida fuqaroga birlamchi tibbiy yordam olishi uchun koʻmaklashildi, “Vatanga qaytish guvohnomasi” rasmiylashtirib berildi. Homiylarning moliyaviy koʻmagida 6-iyunda Sankt — Peterburg — Samarqand aviareysi orqali Oʻzbekistonga qaytarildi.
Shuningdek, Samarqand viloyatidan yana ikki nafar vatandoshimiz pandemiya sharoitida ish topolmay, pulsiz qiyin ahvolda qolgan.
Ushbu fuqarolar Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Sankt-Peterburgdan Samarqandga olib kelindi, deb xabar berdi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.