Maktab bitiruvchilari Oksford, Vebster universitetlari talabasi bo‘ldi

    Keyingi avlod 18 Iyun 2020 12834

    Samarqand shahridagi umumta'lim maktablarini 2019-2020 o‘quv yilida  6 248 nafar o‘quvchi bitirdi. Ularning orasida puxta bilim olib, tirishqoqligi va intiluvchanligi bilan a'lo baholarga o‘qigan 112 nafari oltin va kumush medallarga sazovor bo'ldi. 

    Bitiruvchilar orasida Ansar Rahmonov bir qator xalqaro universitetlarga o‘qishga kirish uchun onlayn imtihonlardan o‘tib, bugun Angliyadagi Oksford universitetining iqtisodiyot yo‘nalishi talabasi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

    Past Darg‘om tumanidagi 28-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktab-internatining 4 nafar o‘quvchisi ham o‘qishni oltin medal bilan tamomlash bilan birga, IELTS imtihonlaridan 5,5 va 6 balli sertifikatlarga ega bo‘ldi. Ulardan biri Rustam Shamelov AQShning Vebster universiteti Toshkent filiali talabasi bo‘ldi.