Joriy yilning 6 mart kuni Buvayda tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan habarda ko‘rsatilgan maktab hududida o‘rganish ishlari olib borilganda, maktab bog‘ida 52 tup har xil turdagi ko‘p yillik mevali daraxtlar bo‘lib, shulardan 27 tasi qurigan, 15 tasi biologik kasallanganligi sababli, ularning o‘rniga 125 tup iqlimga mos yangi mevali daraxt navlarini ekish maqsadida kesib tashlanganligi aniqlandi. 


O‘zbekiston Respublikasi “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunining 45-moddasining 4-bandiga asosan, yog‘och olish va mevalar yetishtirish uchun maxsus ekilgan, yuridik yoki jismoniy shahsning mulki bo‘lgan daraxtlar va butalarni (teraklar va boshqa tez o‘sadigan turlar, tutzorlar, mevali daraxtlar va butalar) kesish uchun ruxsatnoma talab etilmasligi belgilangan.


Lekin shunga qaramasdan Buvayda tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan hozirgi moratoriy davrida tegishli ruxsatnomasiz daraxt kesmasliklari, shuningdek, o‘simlik dunyosiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishlari xaqida tushintirilib, 9-maktab mas’ullariga ogohlantirish berildi.