Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining  “2022–2026-yillarda xalq taʼlimini rivojlantirish boʻyicha milliy dasturni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmonida belgilandi. 

Shuningdek, qarorga muvofiq, 2023-yil 1-yanvardan boshlab: 

maktab direktori lavozimiga nomzodlar menejerlik sertifikatini olish uchun Milliy-tadqiqot institutida  maxsus pullik dasturlar asosida jamoada ishlash va ota-onalar bilan muloqot qilish, boshqaruv, moliya hamda axborot-kommunikatsion texnologiyalar boʻyicha oʻqitiladi;

oʻqitish yakuni boʻyicha Milliy-tadqiqot instituti tomonidan maktab direktori lavozimiga nomzodlarning menejment sohasi boʻyicha bilimi va koʻnikmalari baholanadi hamda natijasi boʻyicha menejerlik sertifikati beriladi;

maktab direktori lavozimiga nomzodlar faqat menejerlik sertifikatiga ega boʻlgan shaxslar orasidan tanlab olinadi.