Uchrashuv davomida Xalq taʼlimi tizimini 2022-2026-yillarda rivojlantirishning milliy dasturida belgilangan vazifalar, jumladan, pedagoglarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, aniq va tabiiy fanlar kesimida baholash instrumentlarini yaratish, pedagoglarning zaxira bazasini yaratish hamda umumtaʼlim maktab direktorlarini lavozimga tayinlash mexanizmini ishlab chiqish va unda Yaponiya tajribasini qoʻllash kabi muhim mavzular yuzasidan fikr almashildi.
Yaqin kelajakda maktablar sonining oshib borishi, umumtaʼlim maktablarini zamonaviy maktablar etib qayta tashkil etish, bu jarayonda maktab direktori hamda oʻrinbosarlarining yuqori boshqaruv bilim va koʻnikmaga ega boʻlishi ahamiyatidan kelib chiqib, Yaponiyalik hamkorlar bilan umumtaʼlim maktab direktorlarini lavozimiga tayinlash mexanizmini ishlab chiqish yoʻnalishida hamkorlik olib borishga kelishildi.
Uchrashuv yakunida loyihani amalga oshirish boʻyicha amaliy ishlarni tashkil etish maqsadida may-iyun oylarida maktab direktorining faoliyatlarini yaqinda oʻrganish uchun tadqiqot olib borishga kelishib olindi.
Yaponiyalik mutaxassislar may oyi oxirida Oʻzbekistonga tashrif buyurishadi va A. Avloniy ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda oʻqitish talablarini oʻrganishadi.