Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi 289 maktabning 11-sinf oʻquvchisi (oʻgʻil bola) oʻzini 3-qavatdan pastga tashlagani va keyin tez yordam mashinasida kasalxonaga olib ketilgani aytilgan edi.

Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari Yashnobod tumanidagi maktabda 11-sinf oʻquvchisi 3-qavatdan pastga tushib ketganligi haqidagi xabar oʻrganilganini maʼlum qildi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 14-aprel kuni Bektemir tumanidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi S.A. (15 yoshli oʻgʻil bola) katta tanaffus vaqtida toza havo olish maqsadida maktabning 3-qavatidagi deraza oynasini ochib deraza oynasidan tanasining yarmini chiqargan vaqtida, ehtiyotsizligi oqibatida deraza oynasidan tushib ketgan.

S.A.ga darhol tez tibbiy yordam koʻrsatilib, shifoxonaga olib ketilgan.

Hozirda voyaga yetmagan S.A.ning ahvoli yaxshi va ogʻir tan jarohatlari mavjud emas.