Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida yashovchi, fuqaro Z.J. ariza bilan murojaat qilib, telegram messenjeridagi “Avtokredit bosh to'lovsiz” guruhiga a'zo bo'lganligi, o'zini guruh administratori deb tanishtirgan shaxs uning ishonchiga kirib 3 yil muddatga 90.000.000 so'mga 16 foizdan "Neksiya 3" rusumli avtomashinani olib berishini va'da qilganligini, shundan so'ng kelishuv asosida boshlang'ich 2.180.000 so'm pulni qo'lga kiritgach, telegram messenjeridagi yozishmalarini o'chirib tashlanganligini bildirib, guruh administratoriga nisbatan qonuniy chora ko'rishni so'ragan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida firibgarlik yo'li bilan pullarni o'zlashtirgan shaxs Jizzax viloyati Paxtakor tumanida yashovchi 2006 y.t., 10-sinf maktab o'quvchisi M.D. ekanligi aniqlangan.
M.D.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqida Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.