Tadbir "Mehrli maktab” Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida tashkil etildi, unda  O‘zbekiston va Rossiya tomonlaridan mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Uchrashuv avvalida Hilola Umarova O‘zbekistonda ta’limga qaratilayotgan e’tibor, vazirlik tomonidan olib borilayotgan islohotlar borasida to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, "Mehrli maktab” markazida bolalarning sifatli ta’lim berilishi uchun amalga oshirilayotgan vazifalar va kelgusi rejalar borasida fikr bildirdi.

Ikki tomonlama hamkorlikda imzolanayotgan Shartnoma maktab tarbiyalanuvchilarining markazda davolanishi, sifatli va qulay ta’lim olishishga ko‘mak berishini alohida ta’kidladi.

Uchrashuv so‘nggida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Rossiyaning “UchimZnayem” gospital maktabi tomonidan “Uzoq muddatli davolanayotgan bolalar uchun ta’lim muhitini yaratish” bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Ma’lumot o‘rnida, hozirda "Mehrli maktab" davlat ta’lim muassasasida 81 nafar maktabgacha yoshdagi bolalar va 71 nafar maktab yoshidagi o‘quvchilar mavjud.

Bu yerda o‘quv jarayonini tashkil etish uchun alohida o‘quv reja tasdiqlangan bo‘lib, dars mashg‘ulotlari o‘zbek va rus tillarida, 12 ta fandan olib boriladi. 

Kelgusida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon va Farg‘onada ham shu kabi gospital maktablar ochilishi rejalashtirilgan.