Transport vazirligining xabar berishicha, “Oʻzaviatsiya“ agentligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi va Malayziya Davlati oʻrtasida havo qatnovi toʻgʻrisidagi hukumatlararo Bitimga asosan 2025-yil 3-fevralida “Air Asia X Berhad” aviakompaniyasiga Oʻzbekiston Respublikasiga Kuala-Lumpur – Toshkent – Kuala-Lumpur yoʻnalishida muntazam aviaqatnovlarini amalga oshirish ruxsatnomasi rasmiylashtirib berildi.
Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda ikki davlat oʻrtasida muntazam aviaqatnovlar “Uzbekistan Airways” AJ (haftaning chorshanba va yakshanba kunlari) va “Batik Air” (haftaning dushanba, juma va shanba kunlari) tomonidan Toshkent – Kuala-Lumpur yoʻnalishida haftasiga jami 5 ta qatnov amalga oshirilmoqda. Shuningdek, 2024-yilda Oʻzbekiston va Malayziya oʻrtasida jami 49 749 ta yoʻlovchi tashilgan.