Unda Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Oʻzkimyosanoat” AJ rahbariyati onlayn shaklda ishtirok etdi.
Uchrashuv avvalida joriy yil 28-fevralda Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va “Petronas” korporatsiyasi prezidenti Tengku Muhammad Taufiq oʻrtasida boʻlib oʻtgan muloqot oʻzaro hamkorlikning yangi davrini boshlab berganligi taʼkidlandi.
Suhbat davomida Oʻzbekiston hududlarida MTO texnologiyasi asosida polimer mahsulotlari ishlab chiqarish, gaz-kimyo majmuasi qurish, shuningdek, “yashil” ammiak va “yashil” vodorod ishlab chiqarish va buning uchun zarur boʻlgan qayta tiklanuvchi (shamol va quyosh) energiya ishlab chiqarish istiqbolli loyihalarini hamkorlikda amalga oshirish masalalari muhokama etildi.
Uchrashuv yakunida “Petronas” korporatsiyasi bilan hamkorlik qilish strategik yoʻnalishlarini belgilab olish va tomonlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlik boʻyicha dastlabki kelishuvni imzolash toʻgʻrisidagi oʻzbek tomonining taklifini koʻrib chiqishga kelishib olindi.
“PETRONAS” (Petroliam Nasional Berhad) korporatsiyasi 1974-yilda tashkil etilgan. Korporatsiya hozirgi kunda 100 dan ortiq davlatlarda oʻz biznesiga ega. U neft-gaz va kimyo sohasidagi eng yirik davlat korxonalaridan biri hisoblanadi. Jahonning 500 ta eng yirik shirkatlari reytingiga kiritilgan Malayziyaning mazkur kompaniyasida 47,7 ming nafar xodim faoliyat yuritadi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.