Majburiy ijro byurosi Andijon shahar boʻlimi ish yurituviga kelib tushgan ijro hujjatiga koʻra L.P.ning “Hamkorbank” bilan tuzilgan avtokredit shartnomasiga muvofiq 223,8 mln. soʻmlik kredit qarzi bor. Bundan tashqari, yoʻl harakati qoidalarini buzganligi uchun 4 marotaba maʼmuriy jarimaga ham tortilgan. Lekin birorta qarzdorlikni toʻlamagan.

Dastlab, undiruvchi bankning daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi arizasiga koʻra, fuqarolik ishlari boʻyicha Andijon tumanlararo sudi tomonidan daʼvoni taʼminlash ajrimi chiqarilib, qarzdorga tegishli “Malibu” avtomashinasi xatlab qoʻyilishi belgilangan edi. Biroq, “ha deganda” mashina topilavermagach, unga nisbatan qidiruv ham eʼlon qilingan.

Ijro harakatlari davrida qarzdor L.P.ga tegishli “Malibu” avtomashinasi topildi va jarima maydonchasiga olib kirildi.

Bankdan olingan qarzlarni-yu, jarimalarni ham toʻlolmay “Malibu” haydab yurish havasmidi?