Uchrashuvda ikki tomonlama aloqalarning huquqiy asoslarini mustahkamlash, parlamentlar oʻrtasida doʻstlik guruhlarini tashkil etish, iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, turizmni qoʻllab-quvvatlash, taʼlim sohasida aloqalarni jadallashtirish va ikki davlat munosabatlarini yuksaltirishga qaratilgan boshqa yoʻnalishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, uchrashuvda ikki oʻrtada diplomatik pasport egalari uchun oʻzaro vizasiz rejim joriy qilish toʻgʻrisida bitim imzolandi.